09:18 / 16.02.2017
7 828

Prezident farmoni asosida «O‘zavtoyo‘l» faoliyati tugatildi

Prezident farmoni asosida «O‘zavtoyo‘l» faoliyati tugatildi

14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi, deb yozadi Kun nashri.

Farmon avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, «O‘zavtoyo‘l» DAK (davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) tugatiladi. Ushbu avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

«O‘zavtoyo‘l» DAK O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli qarori asosida tashkil qilingandi.

Ushbu kompaniya tashkiliy boshqaruv tuzilmasi asosan mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining barcha tarmoqlari ehtiyojlarini to‘la ravishda qoplashni ta’minlashga qaratilgandi. Shunga ko‘ra, avtomobil yo‘llari yagona tarmog‘idagi transport vositalarini uzluksiz va to‘liq ta’minlash vazifasi ham shu faoliyat doirasida bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident farmoni asosida «O‘zavtoyo‘l» faoliyati tugatildi