10:50 / 16.02.2017
11 277

O‘zbekistonda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14 fevral kuni imzolangan farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda «UzA»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib:
  • yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
  • yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
  • yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish kabilar belgilangan.

Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilish haqida ko‘rsatma berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi