06:23 / 17.02.2017
7 327

«O‘zbeknavo» o‘rnida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi

«O‘zbeknavo» o‘rnida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi

O‘zbekiston prezidentning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil qilindi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bu muassasa “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida paydo bo‘ladi.

Bu tashkilot milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi negizida byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilindi.

"Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan lisenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamg‘arma mablag‘lari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin", deyiladi farmonda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbeknavo» o‘rnida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi