17:25 / 18.02.2017
11 693

Ichki ishlar vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar berdi «Kun» nashri.

Farg‘ona IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Hayotjon Soliev, Farg‘ona viloyati Beshariq tuman IIBga - podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiev, Dang‘ara tuman IIBga - podpolkovnik Rustamjon Tojiev, Qo‘shtepa tuman IIBga - podpolkovnik Dilshod Ro‘zmatov boshliq etib tayinlandi.

Shuningdek, Termiz IIBga podpolkovnik Sharofiddin Saidov, Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIBga podpolkovnik Jahongir Hasanov, Jarqo‘rg‘on IIBga podpolkovnik Roziq Sobirov, Boysun tuman IIBga podpolkovnik Sherqo‘zi Sattorov, Qumqurg‘on tuman IIBga mayor O‘tkir Shukurov boshliq bo‘ldi.

Buxoro viloyati Peshku tumani IIBga mayor Erkin Safarov boshliq etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent IIBB Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga podpolkovnik Behzod Sayfullaev, poytaxt IIBB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga podpolkovnik Elbek Xayrullaev, Sirdaryo viloyati Guliston shahar IIBga podpolkovnik Bahriddin Qarshiboyev boshliq etib tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ichki ishlar vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi