11:00 / 16.05.2015
8 947

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab kuchli jala xususiyatli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, deb xabar bermoqda Uz24.uz.

Gidrometeorologiya markazining xabariga ko‘ra, Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati 26-28 darajani tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 22-27 darajaga etadi. Respublikamiz janubida jala yomg‘ir yog‘adi va harorat kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida 25-30, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham momoqaldiroq bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

16-18 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi