07:14 / 19.02.2017
6 596

O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi

O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2017-yil 16-fevraldan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $80,94 ga tushirilganini ma’lum qiladi. Bu haqda «Infocom.uz» xabar bermoqda.

Bu yil tariflar beshinchi marta tushirildi. 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s. uchun $91,07, 6-yanvardan $87,57, 10-yanvardan $86,85 va 2-fevraldan $86,11 ga, 16-fevraldan $80,94 ga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta tushirilgandi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/s. uchun $156,24 dan, $91,50 gacha tushirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi