11:22 / 21.02.2017
9 534

O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot chiqarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot chiqarilishi kutilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqida muhokamalar boshlandi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Shuningdek, internetda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 so‘mlik banknotalarning chiqarilishi to‘g‘risida"gi qarori nusxasi tarqalmoqda. Ushbu qarorga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev imzo chekkan, deb yozadi Kun nashri.

Qarorda banknot qachondan chiqarilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Manbalarning bildirilishicha, banknot qizil rangda bo‘ladi.

Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu yangilikni ma’qullashmoqda.

"20.000, 50.000 va 100.000 so‘mliklarniyam birato‘la chiqarvorib, hammayoqda bankomatlar o‘rnatish kerak. Faqat, yagona sharti - bankomatlarni o‘ravoladiganlarni yo‘q qilish kerak"", deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot chiqarilishi kutilmoqda