14:43 / 21.02.2017
6 582

Adham Ikromov vazirlikka tayinlanganidan 2 oy o‘tib lavozimni tark etdi

Adham Ikromov vazirlikka tayinlanganidan 2 oy o‘tib lavozimni tark etdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida 2 oy ichida ikkinchi marta rahbar o‘zgardi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning tasdiqlashicha, endilikda vazirlikni Alisher Shodmonov boshqaradi. U 2 oy muqaddam, 2016 yilning 13 dekabrida shu lavozimga tayinlangan Adham Ikromov o‘rnini egalladi.

Bu o‘zgarish sababi keltirilmagan. Adham Ikromov bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni davom ettiradi.

Alisher Shodmonov (1962 yilda tug‘ilgan) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Shu vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi edi («Adolat» partiyasi vakili).

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev fevral oyi boshida O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Adham Ikromov vazirlikka tayinlanganidan 2 oy o‘tib lavozimni tark etdi