12:30 / 24.02.2017
7 091

Yangi banknotda Islom Karimov surati bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi

Yangi banknotda Islom Karimov surati bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi

10 ming so‘mlik nominaldagi yangi banknotlar mart oyida muomalaga chiqariladi. «Kun.uz» nashri ma’lum qilishicha, ayni vaqtga kelib, bank bu jarayonda o‘z vazifalarini bajarib bo‘lgan va banknot bosmadan oldingi prosedurada.

Ma’lum qilinishicha, yangi kupyura dizayni avvalgi xabarlarda taxmin qilinganidek bo‘lmaydi, ya’ni unda inson surati aks etmaydi va dizayn bo‘yicha an’ana davom ettiriladi.

Bundan avvalgi xabarlarda ko‘p ehtimol bilan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov surati bo‘lishi aytilgandi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank Senatga 3 xil dizayndagi kupyurani taqdim etgandi. Ehtimol, shu namunalardan birida Islom Karimov suratini banknotda aks ettirish taklif etilgandi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, banknot bosmaga topshirilishidan oldin bank saytida uning surati va boshqa ma’lumotlar e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi banknotda Islom Karimov surati bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi