23:08 / 24.02.2017
7 278

Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

23 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 16-Hukumatlararo yig‘ilishda Ochilboy Ramatov O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan aloqalarni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri transport-tranzit tizimi ekanligini alohida qayd etdi.

"Biz bu yo‘nalishda bugungi Hukumatlararo yig‘ilish doirasida do‘stlik tranzitida o‘zaro manfaatli, imtiyozli sharoitlarni yaratishga kelishib olishni maqsad qilganmiz", - dedi O.Ramatov.

"Kun" nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston hududiga optik tolalar, meva va sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlarini etkazish taklifini berdi. O‘z o‘rnida, Qozog‘istondan don mahsulotlarini qabul qilish imkonini ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

O.Ramatov yaqin vaqt ichida Toshkent-Samarqand yo‘nalishini Qozog‘istonning Maktaaral tumani orqali bog‘lovchi M-39 avtoyo‘lini ochish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid bildirdi. Shuningdek Qozog‘iston tomonning transport sohasidagi yangi takliflarini, xususan, Olmaota-Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar va avtobuslarni yo‘lga qo‘yish masalasini diqqat bilan o‘rganib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin