19:06 / 18.05.2015
7 169

O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxati e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxati tuzib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston hududidagi erlar va er osti resurslari, Milliy arxiv fondining tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, muhofaza qilinuvchi tabiiy hududlar, pul birliklari, qimmatbaho qog‘ozlar, orden va medallar ishlab chiqarilishini ta’minlovchi davlat korxonalari va ob’ektlari, qurolli kuchlarga tegishli korxonalar, ob’ektlar va harbiy-texnik mulk, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, radioaktiv moddalar qazib olish va qayta ishlashni ta’minlovchi ob’ektlar va korxonalar va boshqa turdagi ob’ektlar o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat bilan qaror matnida tanishib chiqish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxati e’lon qilindi