Andijonda nur sochib turadigan piyodalar o‘tish joylari (Foto)

  • 26 fevral 2017, 15:10
  • 5 105
  • O‘zbekiston
  • Andijonda nur sochib turadigan piyodalar o‘tish joylari (Foto)

    Andijon shahrida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun, fuqarolar va piyodalar hamda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida o‘ziga xos chora ko‘rildi.

    Bu shaharda piyodalar o‘tish yo‘laklari qorong‘u tushgach, charog‘on bo‘lib turadi. Bu esa tunda transport vositasi haydovchilari e’tiborini oshirib, hushyorlikka undaydi.

    Milliy tiklanish ko‘chasidagi 1-umumiy ta’lim maktabi oldidagi piyodalar o‘tish joyi va boshqa hududlarda ana shunday yog‘du taratuvchi yo‘lakchalarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, viloyat YHXB tashabbusi bilan ta’lim muassasalari yaqinida yo‘lning qatnov qismiga cariq rang bilan “maktab”, “shkola” yozuvlari tushirilgan.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijonda nur sochib turadigan piyodalar o‘tish joylari (Foto)