06:07 / 27.02.2017
6 282

27 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab eng baland harorat Qashqadaryo va Surxondaryoda

27 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab eng baland harorat Qashqadaryo va Surxondaryoda

Boshlanayotgan yangi ish haftasida sizga omad tilagan holda 27 fevral, dushanba kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etamiz.

​Demak, 27 fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +16... +18, kechasi esa +3.. +5 daraja iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, deb yozadi "Qalampir".

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kun davomida havo harorat +10... +15, kechasi esa 0...+5 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorat o‘zgarib turadi. Kunduzi +13... +18 daraja issiq kuzatiladi. Buxoro va Navoiyda kechasi havo harorati +2... +7 daraja iliq bo‘ladi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 0... +5 daraja bo‘lishi aytilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda deyarli bir xil ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +5... +10 kechasi, 0... +5 daraja bo‘ladi.

27 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab eng baland harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etiladi. Ikki viloyatda havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +5... +10 bo‘lishi kutilmoqda.

Har qanday ob-havoda ham boshlagan ishingiz baroridan kelsin. Haftani xush kayfiyat bilan boshlasangiz, albatta, omad sizga kulib boqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 27 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab eng baland harorat Qashqadaryo va Surxondaryoda