07:18 / 28.02.2017
11 215

28 fevral kuni uchun ob-havo ma’lumotlari: qishning so‘ngi kuni qanday bo‘ladi?

28 fevral kuni uchun ob-havo ma’lumotlari: qishning so‘ngi kuni qanday bo‘ladi?

Qishning so‘nggi kunida qanday ob-havo kuzatiladi.

​Demak, 28 fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +14... +16, kechasi esa +3.. +5 daraja iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kun davomida havo harorati +10... +15, kechasi esa 0...+5 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati o‘zgarib turadi. Kunduzi +7... +12 daraja issiq kuzatiladi. Kechasi havo harorati +2... +7 daraja iliq bo‘ladi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo harorati kunduzi +11... +16, kechasi esa 0... +5 bo‘lishi aytilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda deyarli ob-havoning sovushi kuzatiladi. Harorat kunduzi +3... +8 kechasi, -5... 0 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mo‘t’tadil iqlim qayd etiladi. Ikki viloyatda havo harorati kunduzi +10... +15, kechasi +5... +10 bo‘lishi kutilmoqda.

Har qanday ob-havoda ham boshlagan ishingiz baroridan kelsin. Seshanba kunini xush kayfiyat bilan boshlasangiz, albatta, undagi samaradorlikni o‘zingizga og‘dirib olasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 28 fevral kuni uchun ob-havo ma’lumotlari: qishning so‘ngi kuni qanday bo‘ladi?