Toshkentda 2017 yilda 102 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi

  • 01 mart 2017, 09:21
  • 5 826
  • O‘zbekiston
  • Toshkentda 2017 yilda 102 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi

    O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Ipoteka-bank» aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlashga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

    2017—2020 yillarda O‘zbekiston shaharlarida 945 ko‘p xonadonli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. 2017 yilda 191 ko‘p xonadonli uy qurilishi belgilangan hamda shu kunlarda ularni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Shundan 102 tasi Toshkent shahrida bunyod etiladi.

    Uy-joyga muhtoj fuqarolar shaharlar hokimliklarida tashkil etilgan hududiy komissiyalarga ariza bilan murojaat etishi kerak. Komissiyaning ijobiy xulosasiga ko‘ra, ko‘p qavatli uy-joydagi xonadonlardan biri fuqaroga biriktiriladi. Shu vaqtning o‘zida xonadon qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi summa boshlang‘ich badal sifatida bankimiz filiallarida shakllantirilishi lozim.

    Shuhrat Toshpo‘latov, «Ipoteka-bank»ning turar joy binolari qurilishini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i


    Qayd etilishicha, uy-joy qurib bitkazilgach, biriktirilgan xonadonni sotib olish istagidagi fuqaro bankka bir qator — ariza, kredit oluvchining pasport nusxasi, kredit oluvchining oxirgi 12 oyda olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kabi hujjatlarni taqdim etishi zarur.

    20 yilga beriladigan kreditning imtiyozli davri uch yil. Shuningdek, uning dastlabki besh yilida to‘lov kredit miqdorining 7 foizidan iborat bo‘lib, keyingi yillar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasiga ko‘ra hisoblanadi. Biz sotib olinadigan uy-joy umumiy qiymatining 75 foizi miqdorigacha bo‘lgan summani kredit sifatida beramiz.

    Bobur Nurmuhamedov, «Ipoteka-bank»ning ipoteka va iste’mol kreditlari boshqarmasi boshlig‘i


    Kredit oluvchiga bir qator soliq imtiyozlari yaratilgan: bunda kredit oluvchining o‘zi yoki oila a’zolarining kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarni qaytarish uchun yo‘naltirgan mablag‘i soliqqa tortilmaydi. Agar korxonalar qaytib olmaslik sharti bilan o‘z xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich badalini to‘lab bergan bo‘lsa, mazkur mablag‘ ham soliqqa tortilmaydi.

    Shuningdek, kredit to‘liq qaytguniga qadar xonadon uchun mol-mulk solig‘i to‘lanmaydi. Yangi turar joy binolari atrofida aholi uchun dam olish joylari, bolalar maydonchalari, avtomobil turish joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilishi rejalashtirilgan. Hudud obodligi ta’minlanadi.

    Ma’lumot uchun, avvalroq Toshkentning birgina Sergeli tumanida 2016—2017 yillar rejasiga asosan 102 zamonaviy ko‘p qavatli uy-joy qurish ishlari amalga oshirilayotgani, ularning 66 tasi Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi haqida xabar berilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 2017 yilda 102 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi