17:01 / 01.03.2017
6 046

O‘zbekiston banklari Uzpaynet agentlarini terminallar bilan ta’minlay olmadi

O‘zbekiston banklari Uzpaynet agentlarini terminallar bilan ta’minlay olmadi

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Uzpaynet kompaniyasi agentlari 1 martdan o‘zlari istar-istamas qoidabuzarlar toifasiga kirib qolishdi.

Bugun ham kechagidek, Toshkent va boshqa shahar hamda tumanlarda PAYNET xizmati orqali to‘lovlar uchun faqat naqd pul qabul qilinmoqda. «Terminal yo‘qmi?» savoliga xodimlar elkalarini uchirib qo‘yishmoqda. Shunday holatga duch kelgan Podrobno.uz xodimi ushbu masala yuzasidan izoh so‘rab Uzpaynet kompaniyasiga murojaat qilgan.

«O‘zbekiston Prezidentining 15 fevraldagi «Pul aylanmasini takomillashtirish va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni rivojlantirish to‘g‘risida»ga qarori qabul qilinganidan so‘ng, biz barcha agentlar bilan bog‘lanib, terminallar bor-yo‘qligi borasida o‘ziga xos inventarizasiya o‘tkazdik. Ko‘pchilikda bu qurilma yo‘qligi aniqlandi. Bizning talabimiz bo‘yicha barcha agentlar zudlik bilan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan bog‘lanishgan va terminal so‘rab ariza yozishgan», - degan kompaniyadagi agentlik manbasi.

Ularning murojaati esa o‘tgan davr mobaynida ijobiy hal etilmagan, chunki ma’lum bo‘lishicha, banklar ixtiyorida katta miqdorda terminallar bo‘lmagan, borlari ham tadbirkorlik sub’ektlariga tarqatilgan. Prezident qarorida etmayotgan terminallar «qisqa muddatda» olib kelinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va talabgorlarga etkazilishi uqdirilgandi.

Umuman olganda shunday vaziyat yuzaga kelishini kutish mumkin edi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu qarori e’lon qilingach, poytaxt hokimiyatida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalarini inventarizasiyadan o‘tkazish bo‘yicha ilk 4 kunda 1700gayaqin terminal etishmasligi aniqlangan. «Tekshiruv yakunida 5000−6000 terminal etmasligi aniqlanishi ehtimol», - deyishgandi soliqchilar.

Qisqa muddat, ya’ni 14 kun mobaynida bunday tanqislikning o‘rnini to‘ldirish imkoni bo‘lmagan ko‘rinadi. Shunga ko‘ra, 1 martdan terminali yo‘q chakana savdo va pulli xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritishlari noqonuniy hisoblanadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: terminal olishni xohlayotgan , ammo terminalni ololmayotganlar nima qilsin?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston banklari Uzpaynet agentlarini terminallar bilan ta’minlay olmadi