Uzcard milliy to‘lov tizimi Uzcard Family yangi loyihasini ishga tushirdi. U bir hisobga qo‘shimcha kartalar chiqarish imkonini beradi, deb yozadi Kun.uz.
Uzcard Family oilaviy kartasi bu to‘lov kartasi bo‘lib, oila hisobini yanada qulaylik hamda qo‘shimcha kartalar yordamida boshqarish imkonini beradi. Kompaniyadan ta’kidlashlaricha, bunda oilaning barcha a’zolari hisobdan foydanishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, loyiha haqida 2015 yilning aprel oyida e’lon qilingandi.
Hisob egasi oilaning har bir a’zosi tomonidan echib olinadigan naqd pullarga limit o‘rnatish, shuningdek ular mahsulot va xizmatlarga ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni cheklash imkoniga ega. Shu bilan birga, hisob raqami egasining xohishiga ko‘ra, uning mobil telefoniga qo‘shimcha kartalarning har biri bo‘yicha moliyaviy amaliyotlar haqida sms-xabarnoma kelishi mumkin.
Qo‘shimcha kartalarni nafaqat oila a’zolari va qarindoshlarga, balki barcha do‘stlar, sheriklarlarga ham ochish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring