Uzcard milliy to‘lov tizimi Uzcard Family yangi loyihasini ishga tushirdi. U bir hisobga qo‘shimcha kartalar chiqarish imkonini beradi.
Uzcard Family oilaviy kartasi bu to‘lov kartasi bo‘lib, oila hisobini yanada qulaylik hamda qo‘shimcha kartalar yordamida boshqarish imkonini beradi. Kompaniyadan ta’kidlashlaricha, bunda oilaning barcha a’zolari hisobdan foydanishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, loyiha haqida 2015 yilning aprel oyida e’lon qilingandi.
Hisob egasi oilaning har bir a’zosi tomonidan echib olinadigan naqd pullarga limit o‘rnatish, shuningdek ular mahsulot va xizmatlarga ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni cheklash imkoniga ega. Shu bilan birga, hisob raqami egasining xohishiga ko‘ra, uning mobil telefoniga qo‘shimcha kartalarning har biri bo‘yicha moliyaviy amaliyotlar haqida sms-xabarnoma kelishi mumkin.
Qo‘shimcha kartalarni nafaqat oila a’zolari va qarindoshlarga, balki barcha do‘stlar, sheriklarlarga ham ochish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi