An’anaga binoan har yili tergov tizimi xodimlari orasida «Eng yaxshi tergov jamoasi», «Eng yaxshi tergovchi» ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Joriy yilda tanlovning hududiy bosqichlarida ishtirok etgan 50 nafarga yaqin tergovchi respublika bosqichiga yo‘llanma oldi, deb yozadi Kun.uz.
19 may kuni ushbu ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning sport yo‘nalishi shartlarini bajarish uchun Toshkent shahar IIBBga qarashli sport majmuasiga yig‘ilishdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar turnikda tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish, o‘q otish va qo‘l jangi shartlarini bajargach, test savollariga javob berib, suhbatdan o‘tishdi.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng yaxshi tergov jamoasi» nominasiyasida Navoiy viloyati IIB tergov jamoasi birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. «Eng yaxshi tergovchi» nominasiyasida Xorazm viloyati Urganch shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi, leytenant Yusupjon Yusupov birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?