17:09 / 02.03.2017
6 549

Murojaatlarga befarq munosabatda bo‘lgan sudya jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Murojaatlarga befarq munosabatda bo‘lgan sudya jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekiston prezidentining "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni inson manfaatlari, uning huquqlari himoya qilinishining kafolatlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farmonda sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Shu bilan bir qatorda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansolarlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoning muqarrarligini ta’minlash, umuman, inson manfaatlari va uning huquqlari himoyalanganligi kafolati ustuvor vazifa etib belgilandi.

2017 yilning 1 aprelidan boshlab ushbu hujjatga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi; jinoyatni sodir qilishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llashning, shuningdek, dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati uch yildan bir yilga qisqartiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Murojaatlarga befarq munosabatda bo‘lgan sudya jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin