10:12 / 03.03.2017
8 508

O‘zbekistonning 23 tumanida shafran plantasiyalari tashkil etiladi

O‘zbekistonning 23 tumanida shafran plantasiyalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2017—2019 yillarda 23 tumanda 50 gektardan ziyod maydonda shafran plantasiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. O‘zAning biologiya fanlari doktori, professor Boboqul To‘xtaev va katta ilmiy xodim-izlanuvchi Aziz Mahmudovga asoslanib xabar berishicha, shafran xom ashyosidan farmasevtika sanoatida foydalanish, mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Gulsafsardoshlar oilasiga mansub shafran shamoldan pana, janub tomonga biroz qiya bo‘lgan, quruq tuproqlarda o‘sadi. Uni ekish muddati o‘simlik tinim davriga o‘tgan vaqtda, ya’ni iyul—avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Za’faron tuganak piyozlari 10 santimetr uzoqlikda, 15 santimetr chuqurlikda, 60 santimetr kenglikda ekiladi.

Za’farondan olinadigan dorivor xom ashyo — qizil rangli gul ustunchasi oktyabr—noyabr oylarida teriladi va shafran tayyorlash punktlariga yuboriladi. Bir gektar plantasiyadan o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7—8, keyingi yillarda 15—16 kilogramm dorivor hosil olinadi.

Qayd etishlaricha, jahon bozorida 1 kilogramm xom ashyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. Bugungi kunda shafran Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya kabi 15 dan ortiq mamlakatda etishtiriladi.

O‘zbekistonda ushbu o‘simlikni ko‘paytirish va plantasiyalarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i olimlari tomonidan olib borildi.

«Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, shafran yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida, bog‘ va tokzorlar qator oralarida, o‘rmon hududlarida etishtirish imkoniyati mavjud», — deyiladi O‘zAda e’lon qilingan maqolada.

2017 yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida 4 gektardan, Shahrisabz tumanida 3 gektar maydonda shafran plantasiyalarini barpo etish mo‘ljallanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning 23 tumanida shafran plantasiyalari tashkil etiladi