13:17 / 03.03.2017
7 665

Toshkent shahridagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi

Toshkent shahridagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi.

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahridagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi