08:16 / 04.03.2017
6 645

Prezidentning Turkmanistonga tashrifi arafasida Toshkentdagi ko‘chaga turkman shoiri nomi berildi

Prezidentning Turkmanistonga tashrifi arafasida Toshkentdagi ko‘chaga turkman shoiri nomi berildi

Toshkent shahridagi Amir Temur maydonini Ohangaron yo‘li bilan bog‘laydigan Taraqqiyot ko‘chasi endilikda turkman shoiri Maxtumquli nomi bilan ataladi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashriga tayanib Kun xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi shaharda Maxtumquli nomini abadiylashtirish taklifini 1 mart kuni tasdiqlagandi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston poytaxtining Mirobod va Yashnobod tumanlaridan o‘tgan ko‘cha nomi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida o‘zgartirildi. O‘zbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonda bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning Turkmanistonga tashrifi arafasida Toshkentdagi ko‘chaga turkman shoiri nomi berildi