08:30 / 04.03.2017
11 309

Qarshi, Samarqand shaharlari va Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali bo‘ladi

Qarshi, Samarqand shaharlari va Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatiladigan maqbara, muzey va haykallar loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma’lum qilindi.

«Bizning xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk kabi davlat arboblari qatoriga qo‘yadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Islom Karimovga uning ona shahri Samarqandda maqbara qurilishi, uning haykallari Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o‘rnatilishi haqida ma’lum qildi.

O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga Samarqand shahrida, har kuni respublikaning turli hududlaridan Islom Karimov qabrini ziyorat qiluvchi kishilar keladigan hududda maqbara barpo etiladi. Binoning ichki va tashqi qismi Qur’on oyatlari hamda suralari yozuvlari bilan bezaladi.

«Majmua xalqimiz uchun, birinchi navbatda yoshlar uchun o‘ziga jalb etuvchi ma’naviy obida bo‘ladi», — deya qayd etgan davlat rahbari.

Shuningdek, prezident Islom Karimovning haykali uning sobiq qarorgohi — Oqsaroy oldiga qo‘yilishini ma’lum qildi. Birinchi prezident uzoq yillar Toshkent shahri markazidagi Oqsaroy qarorgohida ish olib borgan. Bu erda Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondi va birinchi prezident nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat yuritadi.

Bu erda o‘zbekistonliklar va xorijiy mehmonlar haykal poyiga gullar qo‘yishi, Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahri markazida ham haykal bino qilinadi. Maydonda shuningdek muzey, atrofda xiyobon, favvoralar hamda maysazorlar bo‘ladi.

Islom Karimov 1986-1989 yillar mobaynida hokim sifatida faoliyat olib borgan Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida ham unga haykal qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qarshi, Samarqand shaharlari va Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali bo‘ladi