10:31 / 04.03.2017
7 077

O‘zbekiston fuqarolari 5 yil ichida 22 588 grin-kartani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston fuqarolari 5 yil ichida 22 588 grin-kartani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida AQShga ko‘chib o‘tgan immigrantlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etadi. 33 million kishilik aholiga ega mamlakat besh yil ichida 22 588 grin-kartani qo‘lga kiritgan, deb yozadi Kun nashri.

Xorij OAV AQSh ichki xavfsizlik departamentiga asoslanib, qonuniy va noqonuniy immigrantlar, berilgan grin-kartalar va sertifikatlar soni haqida ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, ma’lumotlar 2013-2017 yillar tahlili natijasida olingan.

Statistika faqat grin-karta olgan kishilarni (yangi qonuniy immigrantlarni) qamrab olgan. U noqonuniy immigrantlar, AQSh fuqarolari va 2013 yilga qadar mamlakatga kelgan shaxslarni o‘z ichiga olmaydi.

Manbada ta’kidlanishicha, Ozarboyjon fuqarolari orasida Amerikaga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tganlar nisbatan kam. 2013 yilning boshidan 2017 yilga qadar bu mamlakatdan AQShga ko‘chib o‘tganlar soni 3 307 kishini tashkil qilgan. Armanistondan esa 14 328 immigrant Amerikaga kelgan.

Besh yilda 9 965 nafar Belarus fuqarosi grin-karta olgan. Shuningdek bu vaqt ichida Gruziyadan ko‘chib o‘tganlar soni 6 696 kishini tashkil qilgan.

Qozog‘istondan 6 105 immigrant Qo‘shma Shtatlarga kelgan. Mamlakatda grin-karta lotereyasini juda ko‘p kishi o‘ynashini inobatga oladigan bo‘lsak, bu u qadar katta ko‘rsatkich emas. Human Rights Watch huquqni muhofaza qilish tashkiloti prezident Nazarboyevni bir necha marotaba diktatorlikda ayblagan. Konsullik viza yoki grin-karta uchun yozilgan har bir arizani diqqat bilan o‘rganib chiqadi. Konsul uchun har bir sayyoh - salohiyatli immigrant.

Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari 3 581 grin-karta olishgan. Obama ma’muriyati vakillari QR rahbariyati bilan uchrashib, qator demografik islohotlarga ijobiy munosabatda bo‘lgan. Shunga qaramay, AQShga kirish mezonlari ancha qat’iyligicha qolmoqda.

60 oy ichida 2 146 Latviya fuqarosi grin-kartalik bo‘lgan. Bu mamlakat aholisi 2 million kishidan kam ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, bu yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Qo‘shni Litvadan esa Shtatlarga 3 918 kishi ketgan, biroq mamlakat aholisining soni ham Latviyadan 1,5 barobar ko‘p.

Moldovadan juda katta immigrantlar oqimi kuzatilmoqda. Bu mamlakat aholisi 5 yilda 12 203 grin-kartani qo‘lga kiritgan.

Aholisi 140 milliondan iborat bo‘lgan Rossiya 46 051 grin-kartaga ega bo‘lgan. Tojikistonlik immigrantlar oqimi bir necha o‘n yillardan beri bir maromda saqlanib kelmoqda - yiliga 552 kishi. Bu mamlakat aholisining AQShga kirish vizasini olishi juda qiyin.

MDH mamlakatlari orasida eng "yopiq" hisoblangan Turkmanistondan bor-yo‘g‘i 1 150 kishi Amerikaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan - bu eng past ko‘rsatkich.

Ukrainadan besh yil ichida ko‘chib kelganlar soni esa 39 886 kishini tashkil qiladi.

2013-2017 yillar oralig‘ida Estoniyada 1 153 kishi grin-karta yutgan. Bu turmush darajasi yuqori bo‘lgan 1,3 million kishidan iborat aholiga ega mamlakat uchun me’yor hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston fuqarolari 5 yil ichida 22 588 grin-kartani qo‘lga kiritdi