Andijonda o‘tgan profilaktika kunida 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlandi

  • 04 mart 2017, 12:17
  • 5 265
  • O‘zbekiston
  • Andijonda o‘tgan profilaktika kunida 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlandi

    Andijon viloyatida o‘tkazilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kuni profilaktik tadbirlarida ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

    Unga 156 nafar yo‘l patrul xizmati inspektori hamda 32 ta maxsus xizmat avtomashinasi jalb etildi. Andijon shahridagi “Jahon buyum va hunarmandchilik bozori”, “Yangi bozor” hamda “Eski shahar” dehqon bozorlari hududida targ‘ibot-tashviqot guruhi xodimlari fuqarolarga yo‘llarda harakatlanish qoidalariga qat’iy amal qilish, serqatnov ko‘chalarni kesib o‘tishda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurish kerakligi haqida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

    Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida yo‘l patrul xizmati inspektorlari shahar-tuman IIB yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan 8 ta avtotransport vositalarini ta’mirlash ustaxonasi, 7 ta yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi uyushma hamda 2 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasining ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

    - Tadbir davomida jami 4330 ta transport vositasi tekshiruvdan o‘tkazildi, - deydi Andijon viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, kapitan Shamsiddin Usmonov. - YPX xodimlarining hushyorliklari bilan 875 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ushbu holatlarning 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarayotganligi, 107 nafari tezlikni belgilangan me’yordan oshirish, 13 nafari harakatlanish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanish, 16 nafari esa svetofor ishoralariga amal qilmaslikni tashkil etadi. Bulardan tashqari, shu kuni yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 163 nafar, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan 86 nafar haydovchi hamda 439 nafar boshqa turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslar aniqlanib ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    O‘tkazilgan tadbir davomida viloyat hududidagi 163 ta ta’lim muassasasida o‘quvchi va talabalar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish qoidalari mavzusida ochiq muloqot hamda davra suhbatlari o‘tkazilib, sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili va uning kelib chiqish sabablari muhokama etilib, ayanchli oqibatlari aks ettirilgan videolavhalar namoyish etildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijonda o‘tgan profilaktika kunida 36 nafar haydovchi transport vositasini mast holatda boshqarganligi aniqlandi