12:50 / 04.03.2017
7 782

Toshkentda o‘ta noyob savdo markazi qurilmoqda

Toshkentda o‘ta noyob savdo markazi qurilmoqda

Joriy yilda Toshkent shahrida me’morchilik nuqtai-nazaridan o‘ta noyob savdo-ko‘ngilochar markazi quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Muxbirning aytishicha, yangi ob’ekt poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri — Qo‘yliq bozori yaqinida, sobiq kiyim bozori o‘rnida barpo etiladi. Ayni vaqtda quruvchilar ishni boshlab yuborishgan va bino poydevori allaqachon qad rostlagani aytilmoqda.

Ob’ektning o‘ziga xosligi uning tashqi ko‘rinishida bo‘ladi: bino qurilishida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda.

Yana bir qiziq jihati, O‘zbekistonda ilk marotaba avtoturargohni binoning tom qismida joylashtirish qarori qabul qilindi. Ya’ni yangi savdo-ko‘ngilochar markaziga qarashli avtoturargoh bino tomida joylashtirilgan bo‘ladi.

Ob’ektning o‘zi esa bir necha qavatdan tashkil topadi, deb yozmoqda nashr. Loyihachilar o‘zbekistonliklarni yana bir marta lol qoldirish uchun "yashil parkovka" yaratish ustida izlanishmoqda.

Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat bo‘lgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uyg‘un tarzda yaratilishi ta’kidlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda o‘ta noyob savdo markazi qurilmoqda