11:33 / 06.03.2017
5 271

O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston hukumati Tojikiston Respublikasi tog‘li hududlarida katta qor ko‘chkilari oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar etkazgan, balki insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida qaror qabul qildi, deb yozadi Daryo nashri.
O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Qo‘shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar bor.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga etkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi