11:36 / 06.03.2017
7 304

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga etib bordi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga etib bordi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston delegasiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l olgan.

Xabarda Turkmanistonda Shavkat Mirziyoyev tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani qayd etilgan. Shahar ko‘chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o‘zbek va turkman tillaridagi qutlov so‘zlari bilan bezatilgan.

Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga etib bordi