8 mart bayrami – O‘zbekistondagi barcha xotin-qizlarga o‘z sevgi va hurmat-ehtiromni yana bir bor bildirish uchun yaxshi imkoniyat.
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida 8mart.uz loyihasi ishga tushirildi. Loyiha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va MacCoffee kompaniyaci ko‘magida amalga oshirildi. Loyiha bosh hamkori Mchj «UMS».
Loyiha mamlakatimizning eng mashhur erkaklariga ayollarimizni tabriklash imkoniyatini beradi. Har bir ayol Rashid Xoliqov, Murod Nazarov, Vyacheslav Kan, "Ummon" guruhi a’zolari va boshqalardan shaxsiy tabrik olishi mumkin.
Loyihaning 8mart.uz saytida shaxsiy tabriklarni olish mumkin. Buning uchun saytning bosh sahifasida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining tugmasini bosib, avtomatik ravishda avtorizasiyadan o‘tish kerak.
Shu bilan birga sayt, mamlakatimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, O‘zbekistonning taniqli ayollari: Tamaraxonim, Galina Melnikova, Sayyora Rashidova, Zulfiya Isroilova, Oksana Chusovitina, Iroda To‘laganova, Bernara Karieva, Muyassar Razzoqova haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
«8 mart - ayollarning zamonaviy dunyoda yuqori o‘rni va ahamiyatini ifodalovchi ramziy bayramdir. Biz, bunday qizikarli va ijtimoiy loyihalarni, mamlakatimizning faol kompaniyalari yaratayotganidan juda mamnunmiz. Fursatdan foydalanib, biz O‘zbekistonning barcha ayol va qizlarini 8 mart bilan tabriklaymiz!» - deb izohladi O‘zbekiston Xotin - qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gulnora Marufova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»