19:43 / 06.03.2017
7 918

11—12 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi

11—12 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi

11–12 mart kunlari O‘zbekistonda an’anaviy tarzda umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi. Bu haqdagi farmoyish Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan, deb yozmoqda Kun nashri.

Hashar mart—aprelda mamlakatning butun hududlari bo‘yicha e’lon qilingan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida o‘tkaziladi.

Hashar davomida mahallalalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli va xususiy uylar atroflari, guzarlar, maydonlar, ziyoratgohlar, ko‘chalar, trotuarlar, ariqlar va bolalar maydonchalari obodonlashtiriladi va tozalanadi. Mahalla va aholi yashaydigan dahalarda gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh turgan joylarda yashil hududlar tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, muhtoj keksalarga, pensionerlar va imkoniyati cheklangan kishilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda umumxalq hasharlari odatga ko‘ra har yili 21 mart kuni nishonlanadigan Navro‘z bayrami hamda 1 sentyabr – Mustaqillik kuni oldidan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 11—12 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi