09:43 / 07.03.2017
6 061

Chelak tumanida deputat yordamisiz terminal olisholmadi

Chelak tumanida deputat yordamisiz terminal olisholmadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda aholi bilan muloqot qilib, ularning turmush tarzi va muammolari bilan tanishmoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.

Jumladan, Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi «Xalqobod» MFYga qarashli «Eshimoqsoq» qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Rahmatullaev etti yoshli farzandi S.Sulaymonovning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi sababli maktabdan haydalishi mumkinligini aytib, deputatdan amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. Shunda deputat Azamat Pardaev ushbu holat yuzasidan tuman FHDYo mudirasi Z.Yo‘ldoshevaga murojaat etib, fuqaro A.Rahmatullaevning etti yoshli farzandi S.Sulaymonovga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olib berdi.

«Eshimoqsoq» qishlog‘ida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda 15 nafar bo‘sh ish o‘rinlari yaratish maqsadida tashkil etilgan non va shirin pishiriqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Zilola» unitar korxonasi rahbari hamon elektr tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berilmaganligi yuzasidan yordam so‘rab deputat Azamat Pardaevga murojaat qildi. Ushbu holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va «Zilola» unitar korxonasiga elektr tarmoqlariga ulanish uchun ruxsat olib berildi.

Deputat tomonidan Chelak gaz ta’minot unitar korxonasi faoliyati o‘rganilganda korxona boshlig‘i T.Boymatovning murojaatiga ko‘ra, korxonaga to‘lov terminal apparatlari etishmayotganligi aniqlandi. Shunda deputat aholi uchun xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash, qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuman Xalq banki boshlig‘i Baxtiyor Nosirov va tuman «Agrobank» boshlig‘i Otabek Abdurahmonovlar bilan uchrashdi. Natijada 3 ta to‘lov terminal apparatlari Chelak gaz ta’minot unitar korxonasi va 1 ta to‘lov terminal apparati tuman elektr tarmoqlari korxonasiga o‘rnatilishiga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chelak tumanida deputat yordamisiz terminal olisholmadi