12:29 / 08.03.2017
7 124

Ekspert: O‘zbekistonda bozor kursiga bosqichma-bosqich o‘tiladi

Ekspert: O‘zbekistonda bozor kursiga bosqichma-bosqich o‘tiladi

O‘zbekistonda keyingi 3 hafta davomida AQSh dollarining rasmiy kursi keskin o‘sishi kuzatilmoqda. 3 haftadan beri seshanba kunidan Markaziy bank dollarning rasmiy kursini qariyb 50 so‘mdan oshirmoqda va bugunga kelib 1 AQSh dollari — 3452,30 so‘mga teng bo‘lib turibdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri bu holat sababi, O‘zbekiston valyuta barqarorligini takomillashtirish bo‘yicha qanday choralarni ko‘rayotganiga qiziqib, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bilan suhbatlashdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, valyuta tizimini barqarorlashtirish — O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.

«Hozirda bozor kursiga o‘tish borasidagi rejalar ishlab chiqilmoqda. Albatta, bu ma’lum vaqt talab etadi, barcha ehtimoliy vaziyatlarni baholash kerak. Lekin asosiysi, bu borada faol ish olib borilmoqda, biz barcha kelib chiqadigan savollarni muhokama qilish uchun ekspertlarni, jumladan, xalqaro ekspertlarni taklif etamiz. O‘zbekiston yopiq mamlakat emas, shu bois ushbu sohadagi har qanday o‘zgarishlar nafaqat bizga, balki biz bilan ishlayotgan hamkorlarimizga ham ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deya qayd etgan Alisher Shayxov.

Ekspert O‘zbekiston hukumati bozor kursiga bosqichma-bosqich, bozor «shok-terapiyalar»siz o‘tishini ta’kidlagan.

«Hukumat bugungi kunda bu jarayon (dollar rasmiy kursining oshishi — tahr.) kuzatuvchisigina bo‘lib turgani yo‘q. Hukumat xalqaro me’yorlarga to‘la javob beradigan barqaror valyuta tizimiga o‘tish uchun ma’lum qadamlarni tashlamoqda. Rasmiy kursning o‘zgarishi ham ana shunday choralardan dalolat beradi. Hukumat barqaror bozor valyuta tizimiga ravon va bosqichma-bosqich o‘tishni maqsad qilgan, bu Harakatlar strategiyasida aniq-ravshan bayon etilgan. «Shok» usuli O‘zbekistonga mos emas», — degan Shayxov.

Uning fikricha, yangi tizimga oqilona, maqsadga muvofiq va munosib muddatda o‘tiladi.

«Yangi tizimga o‘tish jarayoni qachon yakuniga etishini aniq aytish qiyin, bu vaqt talab qiladi. Lekin bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin — o‘zgacha bozor mexanizmiga o‘tishimiz uchun shu yilning o‘zidayoq etarlicha ish bajariladi», — deya qayd etgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekspert: O‘zbekistonda bozor kursiga bosqichma-bosqich o‘tiladi