12:54 / 08.03.2017
8 356

Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Buxoro viloyatini tekshirishga boradi

Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Buxoro viloyatini tekshirishga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi safari Buxoro viloyatiga bo‘ladi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda Buxoroda ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tashrif kunlari aniq aytilmadi, ammo bu safar 9-10 mart kunlari amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonga tashrifini amalga oshirib, qaytib kelgan.

Ayni vaqtda tashrifga tayyorgarlik doirasida Buxoroga poytaxtdan amaldorlar etib borishgan.

O‘tgan yilning dekabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyev vazifasiga kirishganidan so‘ng viloyatlar bo‘ylab tashriflarini amalga oshira boshladi. U shu vaqtgacha Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

An’anaga ko‘ra u Buxoroda ham yirik sanoat ob’ektlariga tashrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi jarayoni bilan tanishishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Buxoro viloyatini tekshirishga boradi