19:05 / 08.03.2017
7 592

Fotofakt: Turkmanoboddagi Islom Karimov byusti

Fotofakt: Turkmanoboddagi Islom Karimov byusti

Turkmanobod shahrida ochilgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov byusti suratini e’lon qilindi.

Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda O‘zbekistonning Buyuk Yo‘lboshchisi xotirasi abadiylashtirilishini ta’kidlagan edi. Shu maqsadda Turkmanobod shahridagi markaziy ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi. Ushbu ko‘chada yodgorlik majmuasi barpo etildi va O‘zbekiston Birinchi Prezidentining byusti o‘rnatildi. Majmuada O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari aks ettirilgan. Ularning yonidagi granitda Islom Karimovning «Biz qadrlashimiz va yuksaltirishimiz zarur bo‘lgan muhim boylik – bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchdir» degan so‘zlari o‘zbek va turkman tillarida bitilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Fotofakt: Turkmanoboddagi Islom Karimov byusti