16:35 / 09.03.2017
6 552

Pensionerlarga kunduzi Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ldi

Pensionerlarga kunduzi Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ldi

Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00dan soat 16:00gacha bepul bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyatida o‘tkazilgan brifing chog‘ida Toshkent shahri metropoliteni boshlig‘i Oybek Xudoyqulov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu masala bo‘yicha 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining «Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Yangilik 15 martdan joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini ko‘rsatgan yo‘lovchilarga maxsus (bepul), rangi qizil jeton beriladi va ular alohida ajratilgan turniketdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Bu yangilik tufayli metropoliten ko‘radigan zarar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yili o‘z saylovoldi uchrashuvlaridan birida pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishi ehtimoli haqida aytib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pensionerlarga kunduzi Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ldi