10 mart O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi

  • 09 mart 2017, 16:54
  • 6 633
  • O‘zbekiston
  • 10 mart O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi

    Toshkent shahri. 10 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi, deb yozmoqda Kun nashri.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

    Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 10 mart O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi