22:08 / 09.03.2017
8 848

Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari “Siniy kit” o‘yini ishtirokchilari

Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari “Siniy kit” o‘yini ishtirokchilari

Bugungi kunda yoshlar va voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik, eng achinarlisi, ularning Internet ijtimoiy tarmoqlarida ommalashib borayotgan “Siniy kit” va boshqa shu kabi o‘z joniga qasd qilish darajasigacha olib boruvchi o‘yinlarga kirib ketayotganligi barchani tashvishga solmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilayotgan “Davomat” tadbirlari davomida har bir o‘quvchi-yoshlarning uyali telefon apparati tekshirilganda, 31 ta maktab va 5 ta kollej o‘quvchilari “SINIY KIT” o‘yini ishtirokchilariga aylanganligi aniqlandi. Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan matbuot brifingida IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev shu haqda ma’lum qildi, deb yozadi Kun nashri.

Bu kabi o‘yinlarga ilakishib qolgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, ularga malakali psixologlar biriktirilib, kuzatuv ostiga olindi. Hozirgi kunda barcha voyaga etmaganlar o‘rtasida bunday salbiy holatlarning oldini olish borasida barcha ta’lim muassasalarida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalaridagi davomadlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatini o‘rganish maqsadida, poytaxt hududidagi 322 ta maktablardan 26 tasida, 78 ta kollej va 41 ta liseylardan 18 tasida “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, 9 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida bo‘lib o‘tgan profilaktika tadbirlarida Kun.uz sayti muxbiri ham bevosita ishtirok etdi. Jumladan, Yashnobod tumani “Mehmonxona xo‘jaligi” kollejida o‘tkazilgan “Davomat” tadbiri guvohi bo‘ldi.

Ammo, ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar lisey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, 69 ta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazildi, 27 nafar ota-onalarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari “Siniy kit” o‘yini ishtirokchilari