08:41 / 11.03.2017
6 730

O‘zbekistonda aholini raqamli televidenie signallari bilan qamrab olish 88 foizga etkazildi

O‘zbekistonda aholini raqamli televidenie signallari bilan qamrab olish 88 foizga etkazildi

Axborot kommunikasiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengashning 2016 yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi, deya yozmoqda Daryo nashri.

Hisobot davrida respublikada raqamli teleeshittirishni joriy etish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. 2016 yilda aholini raqamli televidenie signallari bilan qamrab olish yil boshidagi 68,6 foizdan 88 foizgacha etkazildi.

Kengashning «O‘zbekiston Respublikasida aholi siyrak joylashgan va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda raqamli erusti televizion eshittirishga o‘tish chastota-hudud rejasini qabul qilish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan Butunjahon radioaloqa konferensiyasining qarorlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ma’qullandi hamda jadvalning yangi tahriri tasdiqlandi.

Kengashning 2017 yil uchun ish rejasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda aholini raqamli televidenie signallari bilan qamrab olish 88 foizga etkazildi