Foto: O‘zA
Ey sen, pasportiga “o‘zbek” deya yozilgan va jihod deya mana shu Vatanga qarshi bo‘layotgan zolim. Bobong sobiq ittifoq tarkibida bo‘lsada mana shu Vatanning tuprog‘ini himoya qilib qon kechib jang qilgandi. Endi sen shu Vatanga qarshi borasanmi?
Ey sen, bir kursiga o‘tirib olgancha to‘ralik qilayotgan arbob. Momong ustidan sepilgan zaharga qaramay, boshini ko‘tarmay paxta terib, bolasini katta qilgandi. Endi sen oyog‘ing erdan uzilib, shu xalqqa buyroqbozlik qilasanmi?
Ey sen, chetdan turib o‘zbek nomiga tosh otayotgan “millatdosh”. Otang nomi paxtaga qo‘shib yozadi, deb jinoyatchiga chiqqanida ham andishaga borib “g‘iq” etmagan. Endi sen ana shu andishadan voz kechasanmi?
Ey sen, shou biznes deya ming nag‘maga o‘ynayotgan masxaraboz. Eri afg‘on urushida kimlarningdir manfaati uchun jonini fido qilib, uyga uning tobuti kelganida, o‘zbek ayollariga xos sabot bilan yashagan. Endi sen kliplaring va filmlaring orqali o‘zbegimning ayolini qanday obrazda olib chiqyapsan?
Ey sen, o‘zbek deganda uchinchi darajali millatni tushunadigan chet ellik. Bobom yulduzlarni kashf etgan, harbiy sohani takomillashtirgan, medisinaga asos solgan. Momom o‘z o‘g‘lini urushga kuzatib, o‘zi paxta maydonida 20 soat ishlagan. Akam dunyodagi g‘alamislarning adabini bergan. Ukam dalada ishlayotgan onasini o‘ylab, qorni to‘ymasada sabr bilan yashagan. Opam va singlim o‘zbekman deb eng qimmat boyligini – nomusini asragan. Endi sen chetdan turib bizga qanday yashash kerakligini o‘rgatasanmi?
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi