O‘zbekiston Markaziy banki Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali mamlakatda valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborotning tarqatilishi yuzasidan bayonot e’lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz. U milliy regulyatorning rasmiy saytida joylashtirildi.
“Rossiya Federasiyasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborot yuzasidan bayon qilamizki, bu xabarlar uydirma va provokasiyadir, valyuta operasiyalariga hech qanday cheklovlar joriy qilinmagan”, – deyiladi hujjat matnida.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, valyuta operasiyalarining o‘tkazilish hamda u bilan bog‘liq ravishda chet el valyutasining sotilishi yoki sotib olinishi hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, ayni kunlarda dollarning rasmiy kursi “Rossiya telekanali ko‘rsatganday” 5 000 so‘m emas, balki 2 527 so‘mni tashkil qilishi qayd qilindi.
Bunday axborotning tarqatilishini Markaziy bank “provokasiya va uydirma” deb baholab, bayonotning Rossiya ommaviy axborot vositalarida rasmiy raddiya sifatida chop etilishini talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi