Oliy Majlisning 4 deputati vakolati muddatidan avval tugatildi

  • 12 mart 2017, 08:51
  • 5 293
  • O‘zbekiston
  • Oliy Majlisning 4 deputati vakolati muddatidan avval tugatildi

    O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to‘rt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qilgan. Hujjatlar matni MSK saytida e’lon qilingan.

    Jumladan, 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Turg‘unov O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgan.

    18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

    128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Shuningdek, 66-Yangier saylov okrugidan saylangan Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oliy Majlisning 4 deputati vakolati muddatidan avval tugatildi