08:37 / 14.03.2017
6 020

Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi

Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jaevga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahri markazidan hovli uy sovg‘a qilindi, deb xabar bermoqda Sof.uz sayti.

Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan Raufxon Salaxo‘jaev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi reytingida 32-o‘rindan joy olgan. Raufxon Salaxo‘jaev makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish — iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan.

Uning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi Intelligence, Kyklos, Environmental Research kabi dunyoning etakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, Forbes agentligi, National Policy instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchining yutuqlarini mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib tarzda taqdirladi. Unga Toshkent shahrining markazidan hovli uyi sovg‘a qilindi. Sovg‘ani Toshkent shahri hokimi topshirdi va prezidentning tabrigini etkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi