16:43 / 15.03.2017
7 238

Toshkentda «Poytaxt bank» tashkil etiladi

Toshkentda «Poytaxt bank» tashkil etiladi

Toshkentda «Poytaxt bank» aksionerlik tijorat turar joy-qurilish jamg‘arma banki tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda Gazeta.uz nashri. Uning ochilishi Prezidentning 13 martdagi «Toshkentda 2017−2021 yillarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish miqyosini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida o‘z aksini topgan.

Beruniy ko‘chasi 43-uyda joylashuvchi «Poytaxt bank"ning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar etib belgilandi:
  • aholi va yuridik shaxslarning turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ipoteka kreditlarini ajratish va bank xizmatlarini ko‘rsatish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylarni quruvchi pudratchi tashkilotlarga kredit resurslarini ajratish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalash va qurishda buyurtmachi vazifalarini bajarish;
  • Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
  • arzon ko‘p kvartirali uylar qurilishini moliyalashda xorijiy investisiyalar, jumladan kreditlarni jalb etish, xalqaro moliya institutlari bilan texnik hamkorlik olib borish;
  • muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashni o‘z ichiga olgan investision faoliyatni olib borish;
  • zamonaviy, foydali, energiya tejovchi va xaridorgir qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga kreditlar ajratish;
  • universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish.

«Poytaxt bank» ustav kapitali boshlang‘ich ulush sifatida poytaxtning mahalliy byudjeti hisobidan 3 mlrd so‘mni yo‘naltirish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda 10 mln evrodan kam bo‘lmagan ekvivalentda shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda «Poytaxt bank» tashkil etiladi