17:03 / 16.03.2017
6 479

O‘zbekistonda 3D o‘lchamli kitoblar chop etila boshlandi

O‘zbekistonda 3D o‘lchamli kitoblar chop etila boshlandi

O‘zbekistonda yoshlarning kitobga bo‘lgan e’tibori, mutolaa madaniyatini oshirish borasida “O‘zbekiston matbuoti” milliy forumi va ko‘rgazmasi, uning doirasida “Bolalar adabiyoti” ko‘rgazmasi, “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Kitob bayrami” tadbirlari va “Kitob – millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya, “Sog‘lom va ma’naviy etuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” festivallari an’anaviy o‘tkazilmoqda.

Yaqindan O‘zbekistonda innovasion texnologiya asosida 3D o‘lchamli kitoblar ham chop etila boshlandi. Bu loyiha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Colar Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, noshirlik sohasida yangilikdir. Bu loyiha dunyoning sanoqli mamlakatlari tajribasidan o‘tgan.

Buyurtma asosida kitob do‘konlariga etkazib berilayotgan bu noshirlik mahsuloti bolalarni kitob dunyosiga etaklashda o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lgan 3D o‘lchamli kitob xarid qilingandan so‘ng uyali telefonda maxsus dastur yuklab olinadi. Dasturdagi skretch-kod faollashtirilib, kitobdagi rasmlarni ehtiyotlik bilan konturlardan chetga chiqmasdan bo‘yash lozim. Undan so‘ng tasvir ustiga smartfon yoki planshetni olib borasiz. Shu ondayoq monitorda bo‘yalgan rasm harakatlanib, so‘zlashga tushadi. Jonlangan rasm bilan suratga tushib, tayyor fotoni elektron jo‘natish mumkin. Hozir bu kabi kitoblar “Bizning kasblarimiz”, “Hayvonot olamida” va “Sevimli qahramonlar” kabi ruknlarda tayyorlanmoqda. “O‘zbek xalq ertaklari” rukni ostida ham bu kabi innovasion noshirlik mahsulotini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Maktab adabiyoti xrestomatiyasi” ruknida maktab darsliklariga kiritilgan o‘zbek va jahon adiblarining 44 nomdagi asarlari nashr etildi. Bu kitoblarda o‘zbek va jahon adabiyotining yorqin namoyandalari qalamiga mansub sara asarlar joy olgan. “Jahon bolalar adabiyoti” ruknida ham 10 jildli kitoblar nashrga tayyorlandi. 2017 yil davomida bu rukndagi kitoblarning yana besh jildi chop etiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 3D o‘lchamli kitoblar chop etila boshlandi