19:40 / 16.03.2017
7 187

Videokuzatuvlar bir kunda 15 milliard so‘m jarima yozdi

Videokuzatuvlar bir kunda 15 milliard so‘m jarima yozdi

Facebook foydalanuvchisining xabariga ko‘ra Toshkent ko‘chalarida kecha rasman ishga tushgan videoqayd kameralari bir kunda 40 mingta jarima qayd qilib, 15 milliard so‘mdan ko‘p jarima chiptalari yozgan, deb yozadi Sof.uz sayti.

"Voditeli Tashkkenta" guruhi ushbu ma’lumotlarni "Toshkent" telekanali orqali namoyish etilgan ko‘rsatuv ma’lumotlari asosida xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 15 martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushgan edi. Ayni damda ushbu kameralar faqat tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tish uchun jarima belgilaydi. Avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarda kamerralar uyali telefon orqali gaplashish va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Videokuzatuvlar bir kunda 15 milliard so‘m jarima yozdi