Toshkentning Istiqbol boshi berk ko‘chasi Nukus ko‘chasi bilan qayta bog‘lanadi

  • 17 mart 2017, 20:41
  • 4 361
  • O‘zbekiston
  • Toshkentning Istiqbol boshi berk ko‘chasi Nukus ko‘chasi bilan qayta bog‘lanadi

    Toshkent shahrida bir necha yil avval boshi berk ko‘chaga aylangan Istiqbol ko‘chasi qayta ochilmoqda. O‘shanda shahar markazini Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik ham olib tashlangan, shundan so‘ng, Istiqbol ko‘chasining Nukus ko‘chasiga burilish qismi yashil hududga aylantirilgan edi.

    Ayni vaqtda ushbu joyda tuman obodonlashtirish xizmatlari ishlamoqda. Unga doir fotosuratlar Facebook tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joylashtirilgan, deb yozmoqda Kun nashri.

    Toshkent shahar YHXBB ma’lum qilishicha, yangi yo‘l Navro‘z bayramiga qadar ochiladi. Shu bilan birga, ayrim xabarlarga ko‘ra, yo‘lni Farg‘ona yo‘li bilan bog‘lovchi avvalgi ko‘prikni tiklash loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

    Aytish joizki, ko‘prikning olib tashlangan hududida ko‘p qavatli uylar barpo qilingan.




    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentning Istiqbol boshi berk ko‘chasi Nukus ko‘chasi bilan qayta bog‘lanadi