O‘zbekistonda «Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi

  • 17 mart 2017, 21:48
  • 5 977
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda «Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi

    17 mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

    Deputatlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun sohadagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishga va konstitusiyaviy organ maqomi ham berilib, tashkil etilgan O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.

    Umuman olganda, majlis davomida ta’kidlanganidek, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganidan so‘ng yagona oliy organ — Oliy sud rahbarligida sudlar faoliyatining, ma’muriy sud ish yurituvi hamda xo‘jalik ish yurituvining o‘rniga — iqtisodiy ish yurituvining mustahkam huquqiy asoslari yaratiladi.

    Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda «Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi