17:01 / 18.03.2017
9 882

Navro‘z arafasida TATUning eng zamonaviy va shinam yotoqxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Navro‘z arafasida TATUning eng zamonaviy va shinam yotoqxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti va eng yirik aloqa operatori Beeline Navruz bayrami arafasida Unitel MChJ homiylik mablag‘iga rekonstruksiya qilingan TATU talabalar yotoqxonasining tantanali ochilish marosimini o‘tkazdilar.

Marosimni ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Umidjon A’lamov shunday dedi: “Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari Universitetiga Muhammad Al-Xorazmiy nomi berilishi haqida juda dolzarb qaror imzolandi. Soha rivojlanishiga kelajakda o‘z hissalarini qo‘sha oladigan yuqori malakali mutaxassislarga ta’lim berish bizning asosiy maqsadimizdir. Shu borada unversitetning professor va o‘qituvchilari talabalarga kerakli bilimlarni olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Eng yirik aloqa operatorlaridan biri Beeline ham shundan kelib chiqqan holda TATU bilan birgalikda imzolangan memorandum asosida yotoqxona binosini rekonstruksiya qilishda yordam ko‘rsatdi. Muhimi, endi talabalar o‘qishlarini tamomlaganlaridan so‘ng shunday yirik kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga egalar. Vazirlik nomidan ko‘rsatilgan yordam uchun Beeline‘ga minnatdorchilik bildiraman, va kompaniya faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman!”

Binoning qurilish va ta’mirlash ishlari bir yildan ziyod vaqt amalga oshirildi. Bu vaqt ichida TATUning binosi eng yuqori talablarga mos ravishda ta’mirlangan va jihozlangan zamonaviy va shinam universitet yotoqxonasiga aylandi.

TATU rektori To‘lqin Teshaboyev: “O‘ylaymanki, yotoqxona talabalarga munosib ravishda xizmat qiladi. Universitetimizga al-Xorazmiyning nomi berilishi haqidagi qaror bilan birga bizda yangi ish rejasi paydo bo‘ldi. Universitet qoshidagi “Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi” o‘rnida “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari ilmiy-innovasion markazi”ni tashkil qilish rejalashtirilgan. Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Universitet qoshida Ilmiy-innovasion rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda va u ilmiy kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘zsiz, talaba va aspirantlarning turmush sharoitini yaxshilash masalasi – yangi sharoitdagi muhim omillaridan biridir, shuning uchun yangilangan binoning ochilishi – oldinda turgan o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi muhim qadamdir”.

Yangi ta’mirlangan binoda 320 kishi uchun mo‘ljallangan 127 xonadan tashqari kompyuter sinfi, kutubxona va ma’naviyat va ma’rifat markazi joy olgan. Ochilish marosimi tugagach yotoqxona bo‘ylab press-tur bo‘lib o‘tdi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Ijtimoiy sarmoyalar strategiyasini amalga oshirishda biz tasofidan bu loyihani tanlaganimiz yo‘q. Va TATU Beeline va umuman O‘zbekistonning telekom va IT-sohasi uchun kadrlar manbasi ekanligi uchun ham emas. Shunchaki ertaga bizning o‘rnimizga kelib bizning sohamizini rivojlantiradigan yoshlarga yaxshilik qilish juda yoqimli. Men o‘zim talabalik chog‘imda talabalar yotoqxonasida yashaganman, va albatta u erni bu bino

bilan umuman solishtirib bo‘lmaydi, shuning uchun ish jarayoninini shaxsan o‘zim nazorat qilishga harakat qildim. Bugun biz mag‘rur bo‘lib shuni aytishimiz mumkinki, shu binoni huddi o‘zimiz uchun ta’mirlaganday topshirmoqdamiz”.

Make your Mark tashabbusi 2014 yilning dekabr oyida joriy etilgan bo‘lib, Veon kompaniyalar guruhining korporativ ijtimoiy majburiyatlari strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - yoshlarga kelajaklarini barpo etishda yordam berish, ularga texnologik asbob-uskunalar, tajriba va bilim, ta’limni kengaytirish, porloq kelajaklari yo‘lidagi to‘siqlarni o‘tishda yordam berish.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navro‘z arafasida TATUning eng zamonaviy va shinam yotoqxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi