Navro‘z bayramida transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ma’lum qilindi

  • 19 mart 2017, 12:33
  • 5 018
  • O‘zbekiston
  • Navro‘z bayramida transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ma’lum qilindi

    Navro‘z bayrami kuni Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

    2017 yil 19 mart kuni soat 21-00 dan bayram tadbirlari tugagunga qadar:
    - Labzak ko‘chasi – Zulfiyaxonim ko‘chasidan A.Qodiriy ko‘chasigacha;
    - Qorasaroy ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha;

    2017 yil 20 mart kuni soat 06-00dan 16-00gacha:
    - A.Qodiriy ko‘chasi – Sebzor ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
    - Zarqaynar ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Sag‘bon ko‘chasigacha (“Zarqaynar” supermarketiga);

    2017 yil 21 mart kuni soat 06-00dan 21-00gacha:
    - A.Qodiriy ko‘chasi – Sebzor ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
    - Zarqaynar ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Sag‘bon ko‘chasigacha (“Zarqaynar” supermarketiga);

    Shuningdek, 2017 yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan O‘zbekiston milliy bog‘i, Xadra maydoni, Ibn Sino guzari, M.Ulug‘bek bog‘i, G‘.G‘ulom bog‘i, Kamolot bog‘i, “Grin park” oromgohi, Bog‘ishamol bog‘i, Temiryo‘lchilar bog‘i, Lokomotiv bog‘i, Furqat bog‘i, Nurashfon bog‘i, Aviasozlar saroyi, Quyoshcha nuri bog‘i, Xayvonot bog‘i, Do‘stlik bog‘i, Bobur bog‘i, Baynalminal madaniyat markaziga tutash ko‘chalarda va boshqa ko‘chalarda xalq sayili vaqtida vaziyat toqazo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

    Sharoit toqazo etganda boshqa ko‘chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Navro‘z bayramida transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ma’lum qilindi